0 ovoz
3 ko'rilgan
(590 Ballga ega)
Xalq orasida “otpusk bez soderjaniya” degan tushuncha bor, u nimani anglatadi?

1 Javob

0 ovoz
(590 Ballga ega)

Xalq orasida “otpusk bez soderjaniya” degan tushuncha bor, bu xodimning ish haqi saqlanmagan holda ta’til olishiga aytiladi.

Qancha muddat?

О‘z hisobidan ta’til olishni istagan kо‘pchilik xodimlarni bir savol о‘ylantiradi: ta’tilni maksimum qancha paytgacha olish mumkin. Mehnat kodeksining 150-moddasiga binoan, ish haqi saqlanmagan ta’til 12 oylik davr mobaynida jami 3 oydan ortiq bо‘lmasligi kerak.

 

Bu nima degani?

Ahamiyat bergan bо‘lsangiz, “bir yilda” deyilmagan, balki oxirgi 12 oyda deyilgan. Masalan, xodim 2018 yil avgust oyida 2 oy о‘z hisobidan ta’til oldi. Endi о‘sha xodim toki 2019 yilning avgustiga qadar 1 oydan oshiq о‘z hisobidan ta’til ololmaydi.
О‘z hisobidan ta’tilni zaruriyatga qarab bо‘lib-bо‘lib olish ham mumkin, masalan, dastlab 1 hafta, keyingi safar 3 kun, keyingisida 15 kun va h.k. Lekin jamisini qо‘shib chiqqanda, 12 oy ichida 3 oydan oshib ketmasa bо‘ldi.

 

Ish beruvchi majburmi?

Bir narsani yoddan chiqarmaslik lozimki, ish haqi saqlanmagan holda ta’til ish beruvchi va xodimning о‘zaro kelishuviga kо‘ra beriladi. YA’ni xodim istalgan payti “men о‘z hisobimdan 1 haftaga ta’tilga ketyapman” deb ariza yozib keta olmaydi. Qachonki ish beruvchi bunga rozi bо‘lsa, о‘shandagina u ta’tilga keta oladi. Agar ish beruvchi rozi bо‘lmasa, unda marhamat qilib, ishini davom ettirishga majbur.

 

 

Qachon ish beruvchining roziligi shartmas?

Lekin shunday toifa xodimlar borki, ular ish haqi saqlanmagan holda ta’til olishga ariza bersa, ish beruvchi rad qilishga haqqi yо‘q, ularga muqarrar tartibda ta’til beriladi. Bular:
1941 — 1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan shaxslarga — har yili 14 kalendar kunga qadar;
ishlayotgan I va II guruh nogironlariga — har yili 14 kalendar kunga qadar;
ikki yoshdan uch yoshgacha bо‘lgan bolani parvarish qilayotgan ayollarga;
о‘n ikki yoshga tо‘lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga — har yili 14 kalendar kunga qadar.

Shuningdek, mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan bо‘lsa ham, xodimga bunday imtiyoz berilishi mumkin.

17 savol

8 javob

0 izoh

8 a'zo

1 Online
0 A'zo va 1 Mexmon

Hush kelibsiz!

Online savol-javoblar va maqolalar sayti BETTA 1.0v holatida ishga tushurildi.

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti maxsus savol-javoblar saytiga hush kelibsiz! Siz bu saytda institutga oid yoki fanlarga oid savol-javoblarda qatnashishingiz mumkin. Bundan tashqari talabalar shaxsiy ijodgorligini yuzaga chiqarish maqsadida saytda, talabalar o'z shaxsiy maqolalarini yoki ijodlarini yozib kiritishlari mumkin.

17 savol

8 javob

0 izoh

8 a'zo

Bo'limlar

...